Fransiya birinchi divizionida 4-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.

Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan o‘yinlarni «Lion» hamda «Klermon» jamoalari qarama-qarshiligi boshlab berdi. Unda jamoalar 3:3 hisobidagi durangga imzo chekishdi.

80-daqiqaga qadar lionliklar 2ta to‘p farqi bilan oldinda borayotgan edilar. Ammo yakunda mehmonlar iroda namoyish etib, liga grandi maydonida bir ochko ishlab qaytadigan bo‘ldi.

E’tiborlisi, ushbu ochko orqali mavsum debyutantlari «Klermon» hisobidagi ochkolar 7taga yetdi va onlayn jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarilib oldilar. «Lion» esa 2 ochko bilan 17-o‘rinda bormoqda.

Liga 1. 4-tur
«Lion» – «Klermon» 3:3
Gollar: Dembele (5, pen., 21), Paketa (45+1) – Diomand (12, avt.), Rashani (80, 90+1)

«Lion» – Lopesh, Emerson, Diomand, Da Silva (Denayer, 82), Dyubua (Gusto, 73), Kakere, Gimaraesh (Mendes, 83), Ekambi, Paketa (Kadevere, 74), Auar, Dembele.
«Klermon» – Desma, Mendi (N’Simba, 79), Oje, Untonji, Zedadka, Gasten

0