Fransiya chempionati 3-turida «Monako» kutilmaganda o‘z maydonida «Lans»ga mag‘lubiyatga uchradi va 1 ochko bilan 17-o‘ringa tushib ketdi.

«Lill» esa mehmonda «Sent-Eten» bilan bahs yuritib, 85-daqiqada g‘alabani boy berdi. Amaldagi chempion yangi mavsumda hanuz g‘alaba nimaligini bilmayapti.

Liga 1. 3-tur. 21 avgust

Sent-Eten — Lill 1:1
Gollar: Sou (85) — Yilmaz (38).
Sent-Eten – Grin, Mason, Mukudi, Sou, Kolodzeychak, Neu Nupa (Gurna-Duat, 80), Yussuf (Norden, 58), Kamara, Amuma (Aushish, 69), Xazri (Krasso, 81), Buanga (Saban, 69).
Lill – Grbich, Tiagu Djalo, Fonte, Botman, Reynildu, Andre, Sheka, Vea (Yaziji, 81), Yilmaz, Devid (Gomes, 81), Bamba (Ikone, 75).
Ogohlantirishlar: Tiagu Jalo (19), Yilmaz (20), Sheka (78), Hazri (80).

Monako — Lans 0:2
Gollar: Ganago (51), Banza (90+3).
Monako – Nyubel, Agilyar (Sidibe, 83), Disasi, Pavlovich, Kayo Enrike, Golovin, Tchuameni (Jelson Martinsh, 63), Jan Lukas, Diop (Fabregas, 76), Ben-Yedder (Folland, 63), Diatta (Boadyu, 63).
Lans – Leka, Kloss, Gradi, Danzo, Medina, Machado (Frankovski, 46), Kakuta (Aydara, 75; Bura, 90), Fofana, Dukure, Sotoka (Banza, 75), Ganago (Kayuzak, 65).
Ogohlantirishlar: Leka (61), Pavlovich (83).
Chetlatishlar: Dukure (61), Golovin (86).

0