Romelu Lukaku «Inter»dan 115 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgach, faoliyati davomidagi umumiy transfer qiymati bo‘yicha Neymarni ortda qoldirib, jahonning eng qimmat futbolchisiga aylandi. Quyida bu boradagi eng qimmatbaho futbolchilar top-8ligi bilan tanishing:

1. Romelu Lukaku

Umumiy transfer bahosi: 327 million yevro.

Oltita o‘tish: «Anderlext» – «Chelsi» – «Vest Bromvich» – «Everton» – «MYU» – «Inter» – «Chelsi»

Eng qimmat transferi: «Inter»dan «Chelsi»ga – 115 million yevro

Qachon: 2021 yil

2. Neymar

Umumiy transfer bahosi: 310 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Santos» – «Barselona» – «PSJ»

Eng qimmat transferi: «Barselona»dan «PSJ»ga – 222 million yevro

Qachon: 2017 yil

3. Krishtianu Ronaldu

Umumiy transfer bahosi: 230 million yevro.

Uchta o‘tish: «Sporting» – «MYU» – «Real» – «Yuventus»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «Yuventus»ga – 117 million yevro

Qachon: 2018 yil

4. Alvaro Morata

Umumiy transfer bahosi: 189 million yevro.

Oltita o‘tish: «Real» – «Yuventus» – «Real» – «Chelsi» – «Atletiko» – «Yuventus»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «Chelsi»ga – 66 million yevro

Qachon: 2017 yil

5. Anxel Di Mariya

Umumiy transfer bahosi: 179 million yevro.

To‘rtta o‘tish: «Rosario Sentral» – «Benfika» – «Real» – «MYU» – «PSJ»

Eng qimmat transferi: «Real»dan «MYU»ga – 75 million yevro

Qachon: 2014 yil

6. Antuan Grizmann

Umumiy transfer bahosi: 174 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Real Sosedad» – «Atletiko» – «Barselona»

Eng qimmat transferi: «Atletiko»dan «Barselona»ga – 120 million yevro

Qachon: 2019 yil

7. Usmon Dembele

Umumiy transfer bahosi: 170 million yevro.

Ikkita o‘tish: «Renn» – «Borussiya» D – «Barselona»

Eng qimmat transferi: «Borussiya»dan «Barselona»ga – 135 million yevro

Qachon: 2017 yil

8. Zlatan Ibrahimovich

Umumiy transfer bahosi: 169 million yevro.

Yettita o‘tish: «Malme» – «Ayaks» – «Yuventus» – «Inter» – «Barselona» – «Milan» – PSJ – «MYU»

Eng qimmat transferi: «Inter»dan «Barselona»ga – 69,5 million yevro

Qachon: 2009 yil.

0