«Manchester Siti» klubining yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadi o‘zgargani yo‘q, deya yozmoqda Mirror.

Manba xabariga ko‘ra, «Yuventus» forvardi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh o‘z mijozini «Manchester Siti»ga taklif etganiga qaramay, manchesterliklar haligacha «Tottenhem» forvardi Harri Keynni o‘z safiga qo‘shib olishdan umidvor. «Siti» Keyn uchun 140 million yevro taklif etishga tayyor. «Tottenhem» prezidenti Daniel Levi esa hujumchisi bilan 175 million yevro evaziga xayrlashishi mumkinligini aytgan.

Qayd etilishicha, Mendesh turinliklar bilan shartnomasi keyingi yozda yakuniga yetadigan Ronalduni «Yuve»dan 30 million yevroga sotib olish mumkinligini bildirgan.

Shunga qaramay, «Siti» rahbariyati transfer oynasi yopilguncha Keyn masalasida muzokarani olib bormoqchi. Vaziyat o‘zgarmasa, klub 36 yoshli Ronaldu masalasiga qaytadi.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yildan buyon «Yuventus»da to‘p surayotgan portugaliyalik hujumchi 2022 yilda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirgani yo‘q. Ronalduning yillik maoshi 31 million yevroni tashkil etad

0