8 avgust kuni «Volfsburg» Germaniya Kubogi 1/32 finali doirasida 3-liga vakili «Proyssen Myunster» (3:1) klubini mag‘lub etgandi.

Ammo g‘alabaga qaramay, «bo‘rilar» turnirdan chetlatildi. Bunga sabab klub bosh murabbiyi Mark van Bommel 6ta zaxira almashtirishidan foydalangan. Reglament bo‘yicha esa 5 o‘yinchi almashtirishga ruxsat berilgan.

O‘yin tugagach, «Proyssen» rahbariyati norozilik bildirdi va Germaniya FA ularning talabini qanoatlantirdi.

0