«Roma» a’zosiga aylangan Temmi Abraham tanishtiruv marosimidan keyin klub rasmiy saytiga ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Klub chindan ham sizni o‘z safiga ko‘rishni istasa, buni o‘zingiz ham his qilasiz. «Roma»ning menga nisbatan qiziqishini darrov sezdim.

«Roma» – sovrinlar uchun kurashadigan klub sanaladi. Katta sovrinlarni yutish borasida tajribam bor va bunday yirik turnirlarda yana ishtirok etishni maqsad qilganman. Shu bois yangi jamoamga yangi darajaga chiqishi uchun yordam bermoqchiman.

Rim klubida 9-raqam ostida to‘p surish men uchun katta sharaf. «Roma» safida maydonga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman», – deya Abrahamning so‘zlarini keltirgan klub matbuot xizmati.

Avvalroq, rimliklar 23 yoshli angliyalik forvard transferi uchun «Chelsi»ga 40 million yevro to‘lagani haqida xabar berilgandi. Futbolchi va klub o‘rtasida 2026 yilga qadar kelishuv imzolangan.

Ma’lumot uchun, Abraham APL o‘tgan mavsumida 32 o‘yin

0