«Manchester Yunayted» «Real» himoyachisi Rafael Varan bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Читать на Рус языке

Fransiyalik futbolchi bilan 2025 yilga qadar kelishuv imzolangan. Varan manchesterliklar safida 19-raqam ostida to‘p suradigan bo‘ldi.

«Yunayted» APL 1-turi doirasida «Lids»ga qarshi o‘yin oldidan yangi futbolchini «Old Trafford»da muxlislar qarshisida tanishtirdi.

Avvalroq, «MYU» 28 yoshli fransiyalik himoyachi transferi uchun Madrid klubiga 50 million yevroga to‘lashi haqida xabar qilingandi.

0