Rimning «Roma» klubi angliyalik Temmi Abrahamga juda qulay shartnoma taklif qilganiga qaramay, «Chelsi» hujumchisi rozi bo‘lmagan. Italiya nashrlariga ko‘ra, «Roma» Abrahamga 9-raqam, asosiy tarkibda joy va 4,5 million yevro yillik maosh taklif qilgan.Читать на Рус языке

Shuningdek, rimliklar «Chelsi»ga futbolchining transferi uchun 45 million yevro taklif qilgan. Ammo futbolchi YeCHL g‘olibi bo‘lgan o‘z jamoasida qolishni istagan. Bu transfer cho‘zilib ketishi mumkinligidan xavotirga tushgan «Roma» rahbariyati Mourino tasdiqlagan short-listdagi navbatdagi hujumchi – Sardor Ozmunga e’tibor qaratgan.

«Roma» sport direktori Tyagu Pintu Ozmunning sobiq agenti va uning xorijdagi transferi uchun ishonchli vakili bo‘lgan Fali Ramadani bilan uchrashmoqchi. Mourino Ozmun va Aleksandr Isakdan birini tanlashi kerak bo‘lgan holatda eronlik hujumchini ma’qul ko‘rgan.

Shu tariqa «Roma» bu transfer borasida kelishuvga erishsa, Mourino jamoasida osiyolik ikki hujumchi – Shomurodov va Ozmun tandemi paydo bo‘lishi mumkin.

0