«Roma» forvardi Edin Jeko yangi mavsumni Italiyaning amaldagi chempioni «Inter» safida boshlashga yaqin. Читать на Рус языке

Italiyalik insayder Nikola Skiraning yozishicha, 35 yoshli bosniyalik hujumchi Milan klubi bilan 2 yillik shartnoma masalasida kelishuvga erishgan. «Roma» klubi ham Jekoni qo‘yib yuborishga qarshi emas. Transfer qiymati 12 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda.

Avvalroq, «Inter» forvardi Romelu Lukaku 115 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tayotgani haqida xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, «Roma» 7 avgust kuni o‘rtoqlik o‘yinida «Betis»ga mag‘lubiyatga uchragan (2:5), rimliklar safida debyutini o‘tkazgan Eldor Shomurodov bitta gol, bitta assistga mualliflik qilgandi.

0