Olimpiada-2020 futbol turniri doirasidagi 3-o‘rin uchun bahs yakuniga yetdi.            Читать на Рус языке 

Unda Meksika mezbon Yaponiyani mag‘lub etib, bronza medallariga ega chiqdi. Kordova penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, Vaskes va Vega farqni yiriklashtirdi – 3:0. 78-daqiqada esa Mitomaning goli farqni qisqartirdi, xolos – 3:1.

Tokio-2020. Futbol
3-o‘rin uchun o‘yin.
Meksika U-23 – Yaponiya U-23 3:1
Gollar: 1:0 – 13, penalti Kordova, 2:0 – 22 Vaskes, 3:0 – 58 Vega, 3:1 – 78 Mitoma.
Meksika U-23 – Ochoa, Angulo, Montes, Sanches, Romo, Kordova (Beltran, 78), Laynes (Antuna, 57), Vaskes, Martin (Agirre, 87), Vega (Alvarado, 79), Rodriges (Eskivel, 86).
Yaponiya U-23 – Tani, Sakai, Yosida, Nakayama (Mitoma, 63), Tomiyasu, Kubo, Endo (Miyosi, 80), Doan, Tanaka (Itakura, 71), Soma (Xatate, 46), Xayasi (Ueda, 63).

Ma’lumot uchun, final bahsida Braziliya Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin 7 avgust, shanba kuni o‘tkaziladi.

0