«Groningen» klubi hujumkor yarimhimoyachisi Aren Robben futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. Читать на Рус языке

37 yoshli niderlandiyalik futbolchi o‘tgan yil futbolga qaytganini ma’lum qilgandi, ammo jarohati sababli ikkinchi marta futbolchilik faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi.

«Qadrli do‘stlar, futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bu juda ham og‘ir tanlov bo‘ldi. Meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga iliq so‘zlar uchun rahmat. Hurmat bilan Aren», – deya yozadi Robben instagramdagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda «Bavariya»ni tark etib, futbolchilik faoliyatini yakunlagan Robben 2020 yilda «Groningen» safiga o‘tib, karerasini davom ettirishga qaror qilgani haqida ma’lum qilgandi. O‘tgan mavsumda jamoasi safida 7 o‘yinda 2ta assistni amalga oshirgan 37 yoshli futbolchi jarohati sababli futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.

0