«PSJ» safiga borib qo‘shilgan ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos jamoa hujumchisi Neymar bilan suhbatdan keyin Parij klubiga o‘tishga qaror qilganini aytib o‘tdi.              Читать на Рус языке 

«Neymar bilan so‘nggi 6-7 yildan beri gaplashib turamiz. Men «Real», u esa «Barsa»da o‘ynaganiga qaramay, bizda doim do‘stona munosabat bo‘lgan. Shuningdek, Parijdagi sobiq jamoadoshlarim Keylor Navas, Di Mariya bilan ham do‘stona munosabatda edik. Neymar meni «PSJ»ga o‘tishga ko‘ndirgandi. Yangi klubga o‘tishdan oldin o‘sha jamoadagi o‘zingga tanish bo‘lgan bir qator futbolchilar bilan gaplashib olishing foydadan holi bo‘lmaydi. Har bir futbolchi meni ko‘ndirishga intilgandi», – deya Serxioning so‘zlarini keltirmoqda AS.

Ma’lumot uchun, «PSJ» 8 iyul kuni Ramos transferini e’lon qilib, 35 yoshli futbolchi bilan 2 yillik shartnoma imzolagandi.

0