Daniya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Tomas Dileyni yakuniga yetgan Yevropa chempionatining eng qo‘pol o‘yinchisi deb topildi. Читать на Рус языке

Dortmundning «Borussiya» klubi 29 yoshli futbolchisi Daniya milliy jamoasi safida 6 o‘yinda 15 marta o‘yin qoidasini buzgan.

Bu borada ikkinchi o‘rinda Jovanni Di Lorenso qayd etilgan. Italiyalik himoyachi 6 o‘yinda 13 marta qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan. Uchinchi o‘rindan esa angliyalik Kalvin Fillips joy olgan – 7 o‘yinda 12ta fol.

Eslatib o‘tamiz, Yevro-2020 final uchrashuvida Italiya milliy jamoasi penaltilar seriyasida Angliyani mag‘lub etib, qit’a chempionligini qo‘lga kiritdi

0