UEFA Angliya va Italiya o‘rtasidagi Yevro-2020 finalini boshqaradigan hakamlar ro‘yxatini e’lon qildi. Читать на Рус языке

Hal qiluvchi o‘yinni niderlandiyalik Born Kuypers boshqaradi. Unga hamyurtlari Sander van Rukel va Ervin Zeynstra yordam berishadi. Zaxira hakami — ispaniyalik Karlos del Sorro.

VAR’da germaniyalik Bastian Dankert, Kristian Gittelmann va Marko Frits, shuningdek, niderlandiyalik Pol van Bukel ishlashadi.

Final 11 iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.

0