Yevropa chempionatining birinchi yarimfinalida Italiya va Ispaniya milliy jamoalari bahs yuritishdi. Читать на Рус языке

Bellashuv ispanlarning ustunligi ostida o‘tganiga qaramay, 60-daqiqada Roberto Manchini jamoasi qarshi hujumdan unumli foydalandi va Federiko Kezaning chiroyli goli evaziga hisobni ochdi. 80-daqiqada esa zaxiradan maydonga tushgan Alvaro Morata hisobni tenglashtirdi.

Shunday qilib asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarda g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa omad italyanlarga kulib boqdi.

Italiya finalda Angliya — Daniya juftligi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Yevro-2020. 1/2 final
Italiya — Ispaniya 1:1
Penaltilar seriyasi — 4:2.
6 iyul, «Uembli»
Gollar: Keza (60) — Morata (80).
Italiya – Donnarumma, Kellini, Di Lorenso, Emerson (Toloi, 74), Bonuchchi, Verratti (Pessina, 74), Barella (Lokatelli, 85), Keza (Bernardeski, 107), Jorjino, Insine (Belotti, 85), Immobile (Berardi, 62).
Ispaniya – Simon, Alba, Aspilikueta (M.Lorente, 85), Laport, Erik Garsiya (Pau Torres, 109), Pedri, Buskets (Tiago Alkantara, 105), Ferran Torres (Morata, 62), Olmo, Oyarsabal (Moreno, 70), Koke (Rodri, 70).
Ogohlantirishlar: Buskets (51), Toloi (97), Bonuchchi (118).
Penaltilar seriyasi: Lokatelli (0:0, darvozabon), Olmo (0:0, noaniq), Belotti (1:0), Moreno (1:1), Bonuchchi (2:1), Alkantara (2:2), Bernardeski (3:2), Morata (3:2, darvozabon), Jorjino (4:2).

0