Angliya milliy jamoasi himoyachisi Harri Maguayr Yevro-2020 chorakfinali doirasidagi Ukrainaga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Читать на Рус языке

«Ukraina qanday saviyadagi jamoa ekani chorakfinalgacha yetib kelganidan ham ma’lum. Bu jamoaning hujum chizig‘idagi Yarmolenko tarkibdagi eng xavfli o‘yinchilardan biri. Uni «Vest Hem»dagi o‘yinlari orqali bilaman. Shu bois raqib jamoani kuchli intizom bilan o‘ynaydigan jamoa deyish mumkin.

O‘yin Londonda emas, Rimda bo‘layotgani katta ahamiyat kasb etmaydi. Nisbatan tinchroq o‘tadigan o‘yin. «Uembli»dagi atmosfera ajoyib edi, bu har qanday o‘yinchini ruhlantiradi. Umid qilamanki, yarimfinal uchun yana «Uembli»ga qayta olamiz», – deydi Harri Ukrainaga qarshi bahsdan oldin.

Ma’lumot uchun, Ukraina – Angliya bahsi bugun, 3 iyul kuni Rimda o‘tkaziladi. Bahs soat 23:59da boshlanadi.

0