Yevro-2020 chorakfinal bosqichi ikkinchi o‘yinida Italiya milliy jamoasi Belgiyaga qarshi maydonga tushdi. Читать на Рус языке 

Myunxendagi bahsni belgiyaliklar hujumkor boshlagan bo‘lsa-da, qarshi hujumda Barella himoyadagi sustkashlikdan foydalanib, Kurtua qo‘riqlayotgan darvozaning uzoq burchagini nishonga oldi – 0:1.

44-daqiqaga kelib Insine o‘z uslubidagi chiroyli zarbasi bilan farqni ikkitaga oshirdi – 0:2.

Bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqada esa Doku ishlagan penaltini Lukaku golga aylantirdi – 1:2.

Ikkinchi bo‘limda tomonlarda hisobni o‘zgartirish uchun imkoniyatlar yuzaga kelganiga qaramay, hisob o‘zgarmadi va Italiya turnirning ikkinchi yarimfinalchisiga aylandi. Manchini shogirdlari final yo‘llanmasi uchun Ispaniyaga qarshi saf tortadi.

Yevro-2020. Chorakfinal.
Belgiya – Italiya – 1:2

Gollar: 0:1 – 31 Barella, 0:2 – 44 Insine, 1:2 – 45, penalti Lukaku.
Belgiya – Kurtua, Vermalen, Alderveyreld, Vertongen, Mene (Shodli, 70; Prat, 74), Tilemans (Mertens, 69), Vitsel, de Bryuyne, Torgan Azar, Doku, Lukaku.
Italiya – Donnarumma, Bonuchchi, Kellini, Di Lorenso, Spinatssola (Emerson, 79), Verratti (Kristante, 74), Jorjino, Keza (Toloi, 90), Barella, Insine (Berardi, 79), Immobile (Belotti, 74).

0