«Barselona» prezidenti Joan Laporta Lionel Messi bilan yangi shartnoma hali imzolanmagani borasida fikrini bildirdi. Читать на Рус языке

«Muzokara jarayoni davom etmoqda. U klubda qolmoqchi. Biz ham Messining qolishini istaymiz. Hozirda yangi shartnoma shartlari bo‘yicha izlanishdamiz», – deya Kataloniya klubi prezidentining so‘zlarini keltirmoqda Sport.es sayti.

Eslatib o‘tamiz, Messining «Barsa» bilan amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgan va argentinalik 34 yoshli hujumchi hozirda erkin agent hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Messi La Liga yakunlangan mavsumida 35 o‘yinda 30ta golga mualliflik qilgan.

0