«Manchester Yunayted» klubi rasmiy sayti Jeydon Sancho transferini e’lon qildi.        Читать на Рус языке 

«Manchester Yunayted» klubi Jeydon Sancho transferi masalasida Dortmundning «Borussiya» klubi bilan kelishuvga erishganini mamnuniyat bilan e’lon qiladi.

Futbolchi bilan shartnomani rasmiylashtirish Sanchoning Yevropa chempionatidagi ishtirokidan keyingi tibbiy ko‘rikdan so‘ng amalga oshiriladi», – deyiladi xabarda.

21 yoshli angliyalik futbolchi «Yunayted»da 5 yillik shartnomaga ega bo‘ladi. Sancho haftasiga 250 ming funt miqdorida maosh olishi aytilgandi.

Avvalroq, ushbu transfer qiymati 85 million yevroni tashkil etgani, qo‘shimcha bonuslar miqdori 10 million yevroga yetishi mumkinligi haqida xabar berilgandi

0