Bugun, 1 iyul kuni Osiyo futbol konfederatsiyasi shtab-kvartirasida JCH-2022 uchinchi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Читать на Рус языке

Unga ko‘ra, «A» guruhidan Eron, Janubiy Koreya, BAA, Iroq, Suriya va Livan milliy jamoalari o‘rin olgan bo‘lishsa, «B» guruhidan Yaponiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Xitoy, Ummon va Vetnam milliy jamoalari joy olishdi. Qatar mezbon sifatida hal qiluvchi ushbu bosqichda qatnashmaydi.

Uy-mehmon tizimida o‘tadigan guruh bosqichining 1-2-o‘rin sohiblari JCH-2022ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga ega chiqishadi. 3-o‘rin sohiblari o‘zaro pley-off bahsida kuch sinashib, g‘olib qit’alararo pley-off o‘yinida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi Saudiya Arabistoniga mag‘lub (3:0) bo‘lib, o‘z tarixida ilk marta JCH-2022 saralash bosqichida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi.

0