Madridning «Real» klubini tark etgan Serxio Ramos «PSJ» bilan kelishuvga erishdi.  Читать на Рус языке

Taniqli insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, ispaniyalik 36 yoshli himoyachi Parij klubi rahbariyati bilan 2023 yilga qadar shartnoma masalasida kelishuvga erishgan.

Qayd etilishicha, «PSJ» Ramosning agentiga yanvar oyida aloqaga chiqib, apreldan muzokara boshlangan. «PSJ» o‘shandayoq Ramosga ikki yillik shartnoma taklif qilgan.

Parij klubi kelayotgan yaqin 10-15 kunda Ashraf Hakimi, Serxio Ramos va Janluiji Donnarumma transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ramosning Madrid klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgandi.

0