Amerika Kubogida guruh bosqichi bahslari yakuniga yetdi. Читать на Рус языке

A guruhida so‘nggi turda Argentina Boliviya ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Lionel Messi dublga erishgan bo‘lsa, Alexandro Gomes va Lautaro Martines ham o‘z hisoblariga gol yozdirib qo‘yishdi.

Urugvay Kavanining penaltidan kiritgan yagona to‘pi evaziga Paragvaydan ustun keldi va guruhda 2-o‘rinni egalladi.

Shu tariqa ikki guruhdan 4tadan jamoa pley-offga yo‘l oldi. Boliviya va Venesuela turnirni tark etishdi.

Amerika Kubogi-2021. 5-tur
A guruhi. 29 iyun
Boliviya — Argentina 1:4
Gollar: Saavedra (60) — Gomes (6), Messi (33 penalti, 42), Martines (65).
Boliviya – Lampe, Akin, Fernandes (Vayyar, 81), Juzino, Bexarano, Vaka, Saavedra (Vilyarroel, 85), Sespedes (Sagredo, 61), Chura (Vaka, 61), Xustiniano, Alvares (Ramalo, 61).
Argentina – Armani, Montiyel, Petsselya, Lukas Martines, Akunya, Rodriges (Paredes, 71), Palasios (Dominges, 71), Gomes (Alvares, 56), Korrea (Lo Chelso, 64), Aguero (Lautaro Martines, 63), Messi

0