O‘zbekiston futzal milliy jamoasi Toshkentda Venesuelaga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik bahsida irodali g‘alabaga erishdi. O‘yin yakuniga 10 daqiqa qolganida 0:2 hisobida yutqazayotgan Bahodir Ahmedov jamoasi 7 daqiqa ichida Davron Choriyevning dubli va Ilhom Hamroyevning goli evaziga kambek qildi. Venesuelaning gollari Karlos Vento hisobiga yozildi. Читать на Рус языке

Eslatib o‘tamiz, birinchi nazorat o‘yinida 3:3 hisobi qayd etilgan va unda mehmonlar iroda ko‘rsatishgandi.

0