«Barselona» klubi va Fransiya milliy jamoasi hujumchisi Usmon Dembele jarohati tufayli 4 oy maydonga tusha olmaydi, deya xabar bermoqda L’Equipe. Читать на Рус языке

Vengriyaga qarshi uchrashuvda (1:1) o‘ng oyoq son qismidan jiddiy jarohat olib, o‘yinning ertasiga Fransiya milliy jamoasi ixtiyorini tark etgan futbolchi uchun Yevro-2020 bahslari tugagani ma’lum qilingandi.

Manbaning yozishicha, Dembele jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi zarurligi masalasida «Barselona» bilan maslahat qilgan. Operatsiyadan keyin 24 yoshli futbolchining tiklanishi uchun 4 oy vaqt kerak bo‘ladi. U La Liga mavsumining boshlanishini o‘tkazib yuborishi taxmin qilinmoqda.

Ma’lumot uchun, Dembele La Liga yakunlangan mavsumida 30 o‘yinda 6ta gol va 3ta assistga mualliflik qilgan.

0