OFK Osiyo chempionlar ligasi «G‘arb» mintaqasi nimchorakfinal uchrashuvlari mezboni va sanasini e’lon qildi. Читать на Рус языке

Unga ko‘ra, 1/8 finalga yo‘llanma olgan jamoalardan Tojikistonning «Istiqlol» va Eronning «Persepolis» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan bo‘ldi. Bir o‘yindan iborat pley-off uchrashuvi 14 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Birlashgan Arab Amirliklarining «Shardja» va «Al-Vahda» klublari o‘rtasidagi o‘yin esa BAAning o‘zida o‘tkaziladi.

1/8 finalning qolgan ikki juftligida ro‘baro‘ keladigan Eron va Saudiya Arabistoni klublari o‘rtasidagi o‘zaro uchrashuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy ziddiyat tufayli neytral maydonda o‘tkazilishi e’lon qilingan. «Istiqlol» (Eron) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni) hamda «An-Nassr» (Saudiya Arabistoni) – «Traktor» (Eron) o‘yinlari o‘tadigan neytral stadion tez orada ma’lum bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, OCHL-2021 guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Olmaliqning OKMK klubi «A» guruhida «Istiqlol» va «Al-Hilol»dan ortda qolib 1/8 finalga chiqa olmagan bo‘lsa, «Paxtakor» «B» guruhida «Traktor» va «Sharja»dan ortda qolib, pley-offga yo‘llanma olmagan edi.

OCHL. «G‘arb» mintaqasi. 1/8 final.
13 sentyabr (dushanba)
«Istiqlol» (Eron) – «Al-Hilol» (Saudiya Arabistoni)
«Sharja» (BAA) – «Al-Vahda» (BAA)

14 sentyabr (seshanba)
«Istiqlol» (Tojikiston) – «Persepolis» (Eron)
«An-Nassr» (Saudiya Arabistoni) – «Traktor» (Eron).

Eslatib o‘tamiz, OCHL «Sharq» mintaqasi guruh bosqich o‘yinlari endi boshlanmoqda.

0