Yevro-2020 «Ye» guruhi 3-turi doirasidagi o‘yinlar bilan pley-offga yo‘llanma olgan navbatdagi jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Читать на Рус языке 

Ispaniya milliy jamoasi so‘nggi ikki o‘yindagi bir gol va ikki durang natijadan keyin Slovakiya milliy jamoasini «nokaut»ga uchratdi. Laport, Sarabiya, Torres va Dubravka hamda Kutskaning avtogoli Luis Enrike shogirdlariga yirik g‘alabani taqdim etdi – 5:0.

Guruhdagi ikkinchi bahs – Shvetsiya – Polsha uchrashuvida esa Forsbergning dublidan keyin polyaklar mag‘lubiyatga uchrayotgan, ammo Levandovski katta sahnaga chiqib, 61 va 84-daqiqalardagi goli evaziga Polshaga umid bag‘ishlagandi. Ammo Klasson 90+4-daqiqada shvedlarga g‘alaba keltirdi – 3:2..

Natijada, Shvetsiya 7 ochko bilan 1-o‘rinni egallab pley-offga chiqqan bo‘lsa, Ispaniya 5 ochko va 5ta gol farqi bilan 2-o‘rin bilan nimchorakfinalga yo‘llanma oldi. 3 ochko bilan 3-o‘rinda qolgan Slovakiya va 1 ochko bilan 4-o‘rinda qolgan Polsha Yevro-2020 bilan xayrlashdi.

«Ye» guruhi. 3-tur. 23 iyun
Slovakiya – Ispaniya 0:5
Gollar: 0:1 – 30, avtogol Dubravka, 0:2 – 45 Laport, 0:3 – 56 Sarabiya, 0:4 – 67 Ferran Torres, 0:5 – 71, avtogol Kutska.
Slovakiya – Dubravka, Shatka, Pekarik, Gubochan, Shkrinyar, Hamshik, Garaslin (Suslov, 69), Mak (Vayss, 69), Gromada (Lobotka, 46), Duda (Dyurish, 46), Kutska.
Ispaniya – Unai Simon, Erik Garsiya (Pau Torres, 71), Laport, Aspilikueta (Oyarsabal, 77), Alba, Koke, Buskets (Tiago Alkantara, 71), Sarabiya, Pedri, Jerar Moreno (Traore, 77), Morata (Ferran Torres, 66).

Shvetsiya – Polsha 3:2
Gollar: 1:0 – 2 Forsberg, 2:0 – 59 Forsberg, 2:1 – 61 Levandovski, 2:2 – 84 Levandovski, 3:2 – 90+4 Klasson
Shvetsiya – Olsen, Augustinsson, Lindelef, Lyustig (Kraft, 68), Danielsson, Olsson, Ekdal, Forsberg (Klasson, 77), Larsson, Kvayson (Kulusevski, 55), Isak (Berg, 68).
Polsha – Shchensni, Bereshinski, Bednarek, Glik, Puxach (Frankovski, 46), Klix (Kozlovski, 73), Zelinski, Yuzvyak (Shverchok, 61), Krixovyak (Plaxeta, 78), Shviderski, Levandovski.

0