Italiya milliy jamoasi Yevro-2020 3-turida Uelsdan (1:0) ustun keldi.                          Читать на Рус языке 

Roberto Manchini jamoasi mag‘lubiyatsiz seriyasini 30ta o‘yinga yetkazdi va «moviy gvardiya» rekordini takrorladi.

Rekord Vittorio Potsso boshqaruvidagi Italiya tomonidan o‘rnatilgandi — milliy jamoa 1935 yildan 1939 yilgacha ketma-ket 30ta bahsda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan.

Italiya 1/8 finalda 26 iyun kuni S guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan — Ukraina yoki Avstriyaga qarshi to‘qnash keladi.

0