Professional boksning super o‘rta (-76,2) vazn toifasida ringga ko‘tarilayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6 KO) navbatdagi jangini amerikalik Gabriel Rosadoga (26-13-1, 15 KO) qarshi o‘tkazdi. Читать на Рус языке 

AQSH vaqti bilan 19 iyun oqshomida Texas shtatidagi El-Paso shahrida bo‘lib o‘tgan jang 3 raunddayoq tugadi. 12 raundga mo‘ljallangan jangning 1-raundida o‘zbekistonlik bokschi to‘liq ustunlik qildi va raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi.

U keyingi raundlarda ham hujumkorlikda davom etdi, ammo 3-raundda navbatdagi hujumi vaqtida kuchli zarbani o‘tkazib yuborib

Tajribali Rosado bu g‘alaba orqali Bektemir Meliqo‘ziyevning WBA Continental va WBO International kamarlarini o‘ziniki qildi.

Bektemir Meliqo‘ziyev uchun bu professional boksdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. U shu kunga qadar o‘tkazgan 7ta jangining barchasida (shundan 6tasida nokaut bilan) g‘alaba qozongandi.

0