Yevro-2020 1-turi «D» guruhi doirasida Angliya milliy jamoasi Xorvatiyaga qarshi saf tortdi. Читать на Рус языке 

Uchrashuvning 57-daqiqasida Rahim Sterling tomonidan kiritilgan yagona gol inglizlarga turnirni g‘alaba bilan boshlashini ta’minladi – 1:0.

Guruhdagi ikkinchi uchrashuv Chexiya va Shotlandiya o‘rtasida o‘tkaziladi. Bahs 14 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Yevro-2020. D guruhi. 1-tur
Angliya – Xorvatiya 1:0
Gol: 1:0 – 57 Sterling.
Angliya – Pikford, Uoker, Mingz, Tripper, Stounz, Rays, Fillips, Foden (Reshford, 71), Maunt, Sterling (Kelvert-Lyuin, 90), Keyn (Bellingem, 82).
Xorvatiya – Livakovich, Gvardiol, Vida, Chaleta-Sar, Vrsalko, Brozovich (Vlashich, 70), Kovachich (Pashalich, 85), Perishich, Modrich, Rebich (Petkovich, 78), Kramarich (Brekalo, 70).

0