Yevropa chempionatida V guruhida 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi. Читать на Рус языке

Rossiya o‘z maydonida Belgiya bilan bahs yuritib, himoyachilarning xatolari evaziga mag‘lubiyatga uchradi. Lukaku tezkor dublga erishgan bo‘lsa, yana bir gol Mene hisobiga yozildi.

Belgiya 1-turdan so‘ng guruhda yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

Avvalroq guruhning birinchi o‘yinida Finlyandiya kutilmaganda Daniya (1:0) ustidan g‘alaba qozongandi.

Yevro-2020. V guruhi. 1-tur
Belgiya — Rossiya 3:0
12 iyun, «Gazprom Arena»
Gollar: Lukaku (10, 88), Mene (34).
Belgiya – Kurtua, Boyata, Vertongen (Vermalen, 77), Alderveyreld, Kastan (Mene, 27), Tilemans, Dendonker, T.Azar, Karrasko (Prat, 77), Lukaku, Mertens (E.Azar, 72).
Rossiya – Shunin, Fernandes, Jikiya, Jirkov (Karavayev, 43), Semyonov, Golovin, Barinov (Diveyev, 46), Zobnin (Muxin, 63), Kuzyayev (Cherishev 29, Miranchuk 63), Ozdoyev, Dzyuba.

0