JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi 9-turi doirasida Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Singapurga qarshi to‘p surdi. Читать на Рус языке

Uchrashuvning 84-daqiqasiga qadar singapurliklar mezbonlarga qarshi munosib to‘p surib, 0:0 hisobini qayd etib turishgandi. Ammo 85-daqiqaga kelib Salim Ad-Dovsari hisobni ochgan bo‘lsa, 87-daqiqada Fahad Al-Muvallad, 90+6-daqiqada esa Solih Ash-Shahri farqni uchtaga yetkazdi – 3:0.

Natijada, Saudiya Arabistoni ushbu g‘alaba evaziga ochkolari sonini 17taga yetkazib, 1-o‘rinni saqlab qoldi. Singapur esa 7 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi.

Qayd etish joiz, Singapur bilan bahsda saudlarning ikki asosiy tarkib futbolchisi Salim Ad-Dovsari va Abdulloh Al-Malki saralashdagi ikkinchi sariq kartochkani olib, so‘nggi turda O‘zbekistonga qarshi maydonga tusha olmaydigan bo‘lishdi.

So‘nggi 10-tur doirasida Saudiya Arabistoni – O‘zbekiston uchrashuvidan keyin guruh g‘olibi ma’lum bo‘ladi. Bahs 15 iyun kuni o‘tkaziladi.

JCH-2022 saralashi. 9-tur
11 iyun (juma)

Singapur – Saudiya Arabistoni 0:3
Gollar: Salim Ad-Dovsari 84, Fahad Al-Muvallad 87, Solih Ash-Shahri 90+6.

0