«PSJ» va Fransiya milliy jamoasi forvardi Kilian Mbappe Transfermarkt tomonidan jahonning eng qimmatbaho o‘yinchisi deb topildi. Читать на Рус языке

Fransiyalik forvardning transferi qiymati 160 million yevroga baholangan. Ikkinchi o‘rindan «Borussiya» Dortmund hujumchisi Erling Holand joy olgan. Norvegiyalik goleadorning bahosi 20 million yevroga oshgan. Uchlikdan 120 million yevro narx bilan Harri Keyn joy olgan.

Ro‘yxatda «Barselona» forvardi Lionel Messi 80 million yevroga (17-22-o‘rin) baholangan bo‘lsa, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning transfer qiymati 45 million yevroga (95-115-o‘rin) baholangan.

Jahonning eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingi (Transfermarkt):
1. Kilian Mbappe («PSJ») – 160 million yevro
2. Erling Holand («Borussiya» Dortmund) – 130
3. Harri Keyn («Tottenhem») – 120
4-8. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund) – 100
4-8. Muhammad Saloh («Liverpul») – 100
4-8. Romelu Lukaku («Inter») – 100
4-8. Kevin de Bryuyne («Manchester Siti») – 100
4-8. Neymar («PSJ») – 100
9-13. Frenki de Yong («Barselona») – 90
9-13. Brunu Fernandesh («Manchester Yunayted») – 90
9-13. Yozua Kimmix («Bavariya») – 90
9-13. Rahim Sterling («Manchester Siti») – 90
9-13. Yan Oblak («Atletiko») – 90.

0