Osiyo qit’asida 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish uchun saralash bahslari davom etmoqda. Читать на Рус языке 

D guruhi peshqadami Saudiya Arabistoni o‘z maydonida Yaman darvozasiga javobsiz 3ta to‘p kiritdi. Ad Dovsari hisobni ochgan bo‘lsa, Al Muvallad dublga erishdi.

Saudiya ochkolarini 14taga yetkazib, yetakchligini mustakamladi va 2-o‘rindagi O‘zbekistondan (bir o‘yin kam) 5 ochkoga oldinda bormoqda. 5 ochkoga ega Yaman so‘nggi pog‘onada qoldi.

JCH-2022 saralashi. Osiyo
2-bosqich. 5 iyun

Saudiya Arabistoni — Yaman 3:0
Gollar: Ad Dovsari (4), Al Muvallad (17, 32).
Saudiya Arabistoni — 21.Muhammad Al Ovays, 2.Sulton Al G‘annam, 3.Abdulloh Madu, 7.Salmon Al Faraj, 8.Abdulloh Saad Almalki (15.Ali Al Asmari, 87), 10.Salim Ad Dovsari (18.Abdulrahmon G‘arib, 90+1), 11.Solih Xolid Ash Shehri (9.Abdulloh Al Hamdan, 71), 13.Yossir Ash Shahroni, 14.Abdulloh Otayf (16.Sami Al Naji, 71), 19.Fahad Al Muvallad (17.Muhammad Al Kuvaykibi, 90+1), 23.Hassan At Tambakti.
Yaman — 1.Muhammad Al Ayash, 4.Mudir Ar Radai, 5.Alaa Aldin Mahdi (6.Jalol Al Jalol, 46), 7.Ahmad As Sarori, 10.Muhsin Muhammad Hasan (21.Muhammad Al Vajih, 74), 11.Abdulvasea Al Matari, 13.Ahmad Abdulvohid, 14.Manaf Saad (Abdulmuain Al Jarshi, 46), 16.Nosir Al Gahvashi, 19.Muhammad Ali Boqshan (18.Ali Abdulloh Hafiz, 74), 20.Emad Tavfiq (17.Mufid Jamol, 46).

0