JCH-2022 ikkinchi saralash bosqichi doirasida «F» guruhi o‘yinlari markazlashgan holda Yaponiyada o‘tkazilmoqda. Читать на Рус языке

Kunchiqar yurtdagi dastlabki uchrashuvidan avval Aleksandr Krestinin murabbiyligidagi Qirg‘iziston milliy jamoasi katta muammolarga yo‘liqdi. Jamoa murabbiylar shtabi va uch nafar darvozabon koronavirus yuqtirganlar bilan aloqada bo‘lgani tufayli ehtiyot chorasi sifatida karantinga olindi. Natijada qirg‘izistonliklar himoyachisi Ayzar Akmatov Mo‘g‘ulistonga qarshi o‘yinda darvozabon sifatida maydonga tushdi.

Uchrashuvning 34-daqiqasida Oyuunbaatar Mijidorj tomonidan kiritilgan gol guruh autsayderi bo‘lgan mo‘g‘ullarga kutilmagan g‘alabani taqdim etdi – 1:0.

Natijada, Mo‘g‘uliston 6 ochko bilan 5-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Qirg‘iziston 7 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi. Guruhdagi yana bir bahs Soat 15:30da guruh peshqadamlari Yaponiya va Tojikiston o‘rtasida kechadi.

JCH-2022 saralash bosqichi. «F» guruhi.
Qirg‘iziston – Mo‘g‘uliston – 0:1
Gol: Oyuunbaatar Mijidorj, 34.

0