UEFA rasmiy sayti Chempionlar ligasi yakunlangan mavsumining eng chiroyli gollarini aniqladi. Читать на Рус языке 

Muxlislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, «Portu» forvardi Mehdi Toremining «Chelsi» darvozasiga akrobatik usulda kiritgan goli YeCHL-2020/21 yilgi mavsumining eng yaxshi gol deb topildi. Eronlik forvard Londondagi chorakfinal javob o‘yinida (1:0) gol muallifiga aylangandi.

Ikkinchi o‘rindan «Barselona» sardori Lionel Messining «PSJ» darvozasiga kiritgan goli o‘rin olgan bo‘lsa, «Chelsi» hujumchisi Olive Jiruning «Atletiko» darvozasiga yo‘llagan zarbasi uchlikdan joy olgan.

UEFA rasmiy saytida keltirilishicha, so‘rovnomada 1,3 millionga yaqin muxlis ishtirok etgan.

0