«Chelsi» bosh murabbiyi Tomas Tuxel YeCHL finalida «Manchester Siti» (1:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Читать на Рус языке

«Uddaladik. Hatto nima deyishni ham bilmayapman.

Ikkinchi marta finalda qatnashdim. Buning uchun minnatdorman. O‘zimni noodatiy his qildim. G‘alaba yaqinlashayotgandek tuyg‘u bor edi. Futbolchilar g‘alaba uchun bor e’tiborlarini qaratishdi. «Manchester Siti» futbolchilarining butsalarida tosh bo‘lishini xohladik. Barchani dadilroq harakat qilishga, xavfli hujumga qarshi turishga undadik. Jismonan og‘ir o‘yin bo‘ldi va hamma sheriklariga yordam berishi kerak edi.

G‘alabadan so‘ng Abramovich bilan gaplashdim. Bizning ilk uchrashuvimiz uchun eng yaxshi yoki eng yomon lahza edi, chunki endi ishlar yanada og‘irlashishi mumkin. Ishonamanki, g‘alabalarga ochlikni saqlab qolaman. O‘z maqsadlariga ega va futbol haqidagi qarashlarimni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydigan klubning bir qismiman»

0