«Valensiya» klubi iste’foga chiqarilgan Xaver Grasiya o‘rniga yangi bosh murabbiy nomini e’lon qildi. Читать на Рус языке

Klub rasmiy saytining xabar berishicha, «Xetafe» klubi sobiq bosh murabbiyi Xose Bordalas «Valensiya» ustozi etib tayinlangan. Klub ispaniyalik 57 yoshli mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Bordalas 2016 yilda «Xetafe» bosh murabbiyi sifatida ish boshlab, 2020/2021 yilgi mavsumda sobiq jamoasi bilan chempionatda 15-o‘rinni egalladi. U faoliyati davomida «Alaves», «Alkorkone» va «Elche» klublarida ham faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, «Valensiya» La Liga tugagan mavsumini 43 ochko bilan 13-o‘rinda yakunladi. Klub qoniqarsiz natijalar tufayli may oyi boshida Xaver Grasiyani iste’foga chiqargan edi.

0