Italiyada V Seriya jamoalari o‘rtasida A Seriyaga chiqish uchun kechgan pley-off bahslari yakuniga yetdi. Читать на Рус языке

Finalda «Venetsiya» va «Chittadella» klublari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Safarda minimal hisobda g‘alaba qozongan «Venetsiya» o‘z maydonida 90+3-daqiqada mag‘lubiyatdan qutulib qoldi va 19 yillik tanaffusdan keyin A Seriyaga chiqdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Empoli» va «Salernitana» jamoalari yuqori divizionga yo‘l olishgandi.

A Seriyaga chiqish uchun pley-off. Final
Venetsiya — Chittadella 1:1
27 may, «Stadio Perluiji Penzo»
Gollar: Bokalon (90+3) — Proyya (26).
Venetsiya – Myayenpyaa, Molinaro, Chekkaroni, Modolo, Matssokki, Chrnigoy (Kremonezi, 75), Male, Di Mariano (Fordilino, 55), Togurdo (Yonsen, 56), Aramu (Ferrarini, 39), Forte (Bokalon, 76).
Chittadella – Kastrati, Pertikone (Frare, 65), Giringelli (Garjulo, 66), Adorni, Proyya (Pavan, 66), Donnarumma, Vita, Branka, Iori, Tsajut (Rozafo, 83), Beretta (Ogunseye, 78).
Birinchi o‘yin — 1:0.

0