«Atletiko», «Barselona», «Real» va «Atletik» 2022 yilgi Ispaniya Superkubogida qatnashishadi. Читать на Рус языке

«Atletiko» chempion, «Barselona» kubok g‘olibi, «Real» 2-o‘rin sohibi, «Atletik» kubok finalchisi sifatida turnirda ishtirok etishadi.

Reglamentga ko‘ra, yarimfinalda mamlakat chempioni kubok finalchisiga qarshi, kubok sohibi La Ligada 2-o‘rinni egallagan jamoa bilan to‘qnash keladi. Shu tariqa yarimfinalda «Barselona» va «Real», «Atletiko» va «Atletik» o‘zaro bahs yuritishadi.

Ispaniya Superkubogi 2022 yil yanvarining birinchi qismida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

0