«Yuventus» bosh murabbiyi Andrea Pirlo A Seriya so‘nggi turi doirasidagi «Bolonya»ga qarshi o‘yin oldidan klubdagi keyingi taqdiri haqidagi savolga javob qaytardi.            Читать на Рус языке 

«Futbolchilar yana jonlanishdi, chunki g‘alabalar qo‘shimcha adrenalin beradi. «Milan»ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin bizni ko‘mishgandi, ammo biz o‘rnimizdan yana tura oldik.

Klub rahbariyati jamoadagi kelajagim bo‘yicha qarorni birgina so‘nggi o‘yindagi natijadan kelib xulosa chiqaradi, deb o‘ylaymayman. Ular butun mavsumdagi ishimni munosib baholab, keyin qaror chiqarishlariga ishonaman. Bu ularning ishi, ko‘ramiz.

Har doim boshimni tik tutib yurganman. Menda shunday hissiyotki, klubdagi o‘z ishimni 100 foizga bajardim. Jamoada barcha bilan to‘g‘ri va adolatli munosabatda bo‘ldim», – deydi Pirlo.

Ma’lumot uchun, «Yuventus» A Seriya so‘nggi turida «Bolonya» mehmoni bo‘ladi. O‘yin bugun, 23 may shanba kuni soat 23:45da boshlanadi.

0