«Jenoa» klubi forvardi Eldor Shomurodov A Seriya so‘nggi turlarida sermahsullik ko‘rsatmoqda, deya yozadi Optalvan statistik nashri. Читать на Рус языке

O‘zbekistonlik 25 yoshli hujumchi A Seriyaning so‘nggi 6 o‘yinida o‘z hisobiga 5ta gol yozib qo‘ygan. Italiya chempionatining bu oralig‘ida hech bir futbolchi Shomurodovdan yaxshiroq natija qayd eta olmagan. Shuningdek, «Fiorentina» hujumchisi Dushan Vlaxovich ham bu davr ichida 5ta golga mualliflik qilgan, ammo uning 3ta goli penaltilardan kiritilgan. Eldor esa biror marta ham 11 metrlik nuqtaga yaqinlashmagan. «Yuventus» goleadori Krishtianu Ronaldu va «Latsio» to‘purari Chiro Immobile so‘nggi turlarda 4tadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, amaldagi chempion «Inter» hujumchisi Romelu Lukaku 3ta gol kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, A Seriya 38-turi doirasida «Jenoa» «Kalyari» darvozasini ishg‘ol etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Bu uning A Seriyadagi 8-goliga aylandi.

Ma’lumot uchun, «Jenoa» turnir yakuni arafasida A Seriyani 42 ochko bilan 11-o‘rinda yakunlashga yaqin turibdi. Genuyaliklarning ta’qibchilari «Bolonya», «Fiorentina» va «Udineze» klublari o‘z o‘yinlarini bugun, yakshanba kuni o‘tkazishadi.

0