Germaniyaning «Bayer» klubi yangi mavsumni qaysi murabbiy qo‘l ostida boshlashini e’lon qildi. Читать на Русском языке

Klub rasmiy sayti xabariga ko‘ra, Leverkuzen klubi Xerardo Seoane bilan kelishuvga erishgan. Shveysariyalik 42 yoshli murabbiy bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolangan.

Ma’lumot uchun, Xerardo 2018 yildan hozirga qadar «Yang Boyz» jamoasini boshqargan va ketma-ket uch yil davomida «Yang Boyz» bilan Shveysariya chempioniga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, Leverkuzen klubi mart oyi yakunida niderlandiyalik Peter Boshni iste’foga chiqargandi. Klub Bundesliga 33-turidan keyin 52 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

0