APL 37-turi doirasidagi uchta o‘yin yakuniga yetdi. Читать на Русском языке

«Tottenhem» o‘z maydonida «Aston Villa»ga yutqazib qo‘ygan bo‘lsa, «Everton» Risharlisonning yagona goli evaziga «Vulverhempton»ni, «Nyukasl» esa ligani tark etishi oydinlashgan «Sheffild»dan ustun keldi.

Natijada «Tottenhem» va «Everton» klublari 37-turdan keyin 59 ochko bilan turnir jadvalida 7-8-o‘rinlarni egallab turishibdi.

APL. 37-tur

Everton – Vulverhempton 1:0
Gol: 1:0 – 48 Risharlison.
Everton – Pikford, Kin, Mina, Din, Koulmen (Devis, 82), Dukure (Xolgeyt, 90), Sigurdsson (Andre Gomesh, 86), Allan, Godfri, Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Vulverhempton – Raddi, Semedu, Ait-Nuri, Kilmen, Boli (Dendonker, 80), Moutinyu (Vitinya, 80), Gibbs-Uayt (Villian Joze, 68), Traore, Ruben Nevesh, Koudi, Fabiu Silva.

Nyukasl – Sheffild Yunayted 1:0
Gol: 1:0 – 45 Uillok.
Nyukasl – Dubravka, Dammett, Kraft, Fernandes, Ritchi, Uillok (Kerroll, 85), Merfi, Almiron, Shelvi, Sen-Maksimen (Longstaff, 71), Joelinton (Geyl, 46).
Sheffild Yunayted – Remsdeyl, Stivens, Igan, Bashem, Bogl (Seriki, 90), Djebbison, Norvud, Osborn (Bryuster, 67), Flek, Robinson, Makgoldrik.

Tottenhem – Aston Villa 1:2
Gollar: 1:0 – 8 Bergveyn, 1:1 – 20, avtogol Regilon, 1:2 – 39 Uotkins.
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Tanganga (Doerti, 83), Regilon, Dayer, Xeyberg, Uinks (Ndombele, 74), Bergveyn (Beyl, 72), Alli, Son Hyon Min, Keyn.
Aston Villa – Martines, Xoz, Konsa, Targett, Mingz, Nakamba (Chukvuemeka, 89), Grilish (Duglas Luis, 73), Makginn, Al-G‘ozi, Traore (Filodjin-Baydeys, 90), Uotkins.

0