Angliya chempionatining 36-turida «Liverpul» safarda «Vest Bromvich» bilan bahs yuritib, 90+5-daqiqada darvozabon Alisson tomonidan kiritilgan to‘p evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Читать на Русском языке

«Liverpul» ochkolarini 63taga yetkazib, 5-o‘rinni egallab turibdi va endi 4-pog‘onadagi «Chelsi»dan 1 ochkoga ortda qolmoqda. Muddatidan avval Chempionshipga ravona bo‘lgan «Vest Bromvich» 26 ochko bilan 19-o‘ringa joylashgan.

APL, 36-tur
Vest Bromvich — Liverpul 1:2
16 may, «Hotorns»
Gollar: Robson-Kanu (15) — Saloh (33), Alisson (90+5).
Vest Bromvich – Jonston, Bartli, Taunsend, Ajayi, Ferlong, Diangana (Meytlend-Naylz, 73), Yokushlu (Livermor, 75), Gallaher, Fillips, Mateus Pereyra, Robson-Kanu (Grant, 82).
Liverpul – Alisson, Robertson, Aleksander-Arnold, R.Uilyams (Veynaldum, 84), Fillips, Jons (Shakiri, 59), Fabino, Saloh, Tiago Alkantara, Mane, Firmino.

0