Italiya A Seriyasi 37-turi doirasidagi markaziy o‘yinda «Yuventus» o‘z maydonida «Inter»ni mag‘lub etdi. Читать на Русском языке

24-daqiqada Ronalduning penaltidan yo‘llagan zarbasini Handanovich qaytargan bo‘lsa, takroriy zarba oldida Samir ojiz qoldi. 35-daqiqaga kelib endi Lukaku 11 metrlik nuqtadan aniq foydalandi – 1:1.

45+2-daqiqada esa Kuadradoning kuchli zarbasi turinliklarga taymni g‘alaba bilan yakunlashlariga imkon yaratdi – 2:1.

83-daqiqaga kelib, Kellini Lukaku bilan kurashdan keyin o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ygan bo‘lsa, 88-daqiqada yana o‘sha Kuadrado penalti ishlab, «Yuventus»ga g‘alaba keltirgan muhim gol muallifiga aylandi – 3:2.

Natijada «Yuve» ochkolari sonini 75taga yetkazib, hozircha 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Inter» esa 88 ochko bilan muddatdan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan.

A Seriya. 37-tur
Yuventus – Inter 3:2
Gollar: 1:0 – 24 Ronaldu, 1:1 – 35, penalti Lukaku, 2:1 – 45 Kuadrado, 2:2 – 83, avtogol Kellini, 3:2 – 88, penalti Kuadrado.
Yuventus – Shchensni, Danilo, Aleks Sandro, Kellini, de Ligt, Rabo, Kuadrado, Kulusevski (Makkenni, 58), Bentankur, Keza (Demiral, 70), Ronaldu (Morata, 70).
Inter – Handanovich, Hakimi, Shkrinyar, Bastoni (Vesino, 80), Darmian (Perishich, 46), Eriksen (Sensi, 73), Barella, Brozovich, de Vrey, Martines, Lukaku.
Chetlatish: Bentankur (55).

0