«Milan» hujumchisi Zlatan Ibrahimovich Yevro-2020ni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi. Bu haqda Shvetsiya futbol federatsiyasi rasman ma’lum qildi. Читать на Русском языке

39 yoshli futbolchi Shvetsiya milliy jamoasi murabbiylar shtabini jarohati sababli Yevropa chempionatida ishtirok eta olmasligi haqida xabardor qilgan.

Zlatan 9 may kuni «Yuventus»ga qarshi bahsda jarohat olib maydonni tark etgan va A Seriya joriy mavsumining qolgan o‘yinlarida maydonga tusha olmasligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ibrahimovich mart oyida milliy jamoa safiga qaytishini e’lon qilgandi. 2016 yilda milliy jamoadagi faoliyatini e’lon qilgan 39 yoshli hujumchi Shvetsiya safida 62ta gol bilan eng yaxshi to‘purar sanaladi.

0