Ispaniya chempionatining 36-turida peshqadam «Atletiko» o‘z maydonida «Real Sosedad»ni qabul qilib, Karrasko va Korreaning gollari evaziga muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Читать на русском языке

Simeone jamoasi La Liga yakuniga ikki tur qolganida ochkolarini 80taga yetkazib, ta’qibchilari «Barselona»dan 4 va «Real»dan 5 ochkoga oldinda bormoqda. «Qirollik klubi» zaxirasida bir o‘yin bor. «Sosedad» esa 56 ochko bilan 5-o‘rinda qoldi.

La Liga, 36-tur, 12 may

Atletiko — Real Sosedad 2:1
Gollar: Karrasko (16), Korrea (28) — Subeldiya (83).
Atletiko – Oblak, Savich, Tripper, Ermoso, Felipe, Saul (Kondogbia, 73), Karrasko, Lorente, Koke, Korrea (Joau Felish, 73), Suares (Lodi, 81).
Real Sosedad – Remiro, Monreal (Lopes, 59), Saldua, Elustondo (Subeldiya, 69), Sanyan (Pacheko, 59), Oyarsabal (Merkelans, 69), Subimendi, Barrenechea, Guridi, Portu, Isak (Bautista, 46).

Selta — Xetafe 1:0
Gol: Nolito (24).

Ueska — Atletik 1:0
Gol: Ramires (61).

0