«Yuventus» vitse-prezidenti Pavel Nedved bosh murabbiy Andrea Pirlo va hujumchi Krishtianu Ronalduning Turin klubidagi kelajagi haqida fikr bildirdi.

«Ba’zi qiyinchiliklarni boshdan kechiryapmiz. Bu – normal holat. Oxirigacha kurashamiz.

Pirlo? Shubhasiz, u «Yuventus»da qoladi, Ronaldu ham», – deya Nedvedning so‘zlarini keltiradi Sport Mediaset.

Ma’lumot o‘rnida, «Yuventus» A Seriyada 5-o‘rinni egallab turibdi.

0