Fransiya chempionatining 36-turida «PSJ» mehmonda «Renn» bilan bahs yuritib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Neymarning goliga Girassi javob berdi.

Parij klubi ochkolarini 76taga yetkazib, peshqadam «Lill»dan (79) 3 ochkoga ortda qolmoqda. «Renn» esa 55 ochko bilan 7-pog‘onaga joylashgan.

Liga 1, 36-tur

Renn — PSJ 1:1
9 may, «Roazon Park»
Gollar: Girassi (71) — Neymar (45+5, penalti).
Renn – Gomis, Agerd, Da Silva, Mauassa (Dalbert, 78), Traore (Soppi, 90+2), Burijo, Ugoshukvu (Grene, 61), Doku, Te, Tere (Diuf, 79), Girassi (del Kastilo, 90+2).
PSJ – Navas, Kimpembe, Dagba (Florensi, 80), Kurzava (Diallo, 55), Markinos, Danilu Pereyra, Errera (Guye, 70), Di Mariya (Rafinya, 69), Draksler (Ikardi, 80), Ken, Neymar.
Ogohlantirishlar: Agerd (45), Errera (57), Diuf (80), Te (90+2).
Chetlatish: Kimpembe (88)

0