APL 35-turi doirasidagi o‘yinda «Lids» «Tottenhem»ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvda mezbonlardan Dallas, Bemford va Rodrigoning gollariga londonliklardan Son Hyon Min bitta gol bilan javob bera oldi, xolos – 3:1.

Natijada «Lids» 50 ochko bilan 9-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Tottenhem» 56 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi.

APL. 35-tur
Lids – Tottenhem 3:1
Gollar: 1:0 – 13 Dallas, 1:1 – 25 Son Hyon Min, 2:1 – 42 Bemford, 3:1 – 84 Rodrigo.
Lids – Mele, Dallas, Eyling, Lorente, Kox, Xarrison, Klix (Fillips, 90), Alioski, Streyk, Bemford (Rodrigo, 79), Roberts (Rafinya, 58).
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Regilon, Ore, Dayer, Xeyberg, Lo Chelso (Ndombele, 80), Beyl (Lukas Moura, 67), Alli (Lamela, 67), Son Hyon Min, Keyn

0